Bir kecha tunashga eng ko‘p ziyoratchilar tashrif buyuradigan shaharlar ro‘yxati tuzildi
Mastercard Global Destinations Cities Index 2016 yil dunyoda bir kecha tunashga eng ko‘p ziyoratchilar tashrif buyuradigan shaharlar reytingini e'lon qildi. Bu haqida Mastercard'ning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Tuzilgan reytinga ko‘ra, birinchi o‘rinda Bangkok (prognoz - 21,47 million ziyoratchi), keyingi o‘rinlarda London va Parij (19,88 million va 18,03 million ziyoratchi) nomlari qayd etilgan.
Dubay 2016 yilda tashrif buyuruvchi dunyoning to‘rtinchi, Yaqin Sharqning esa birinchi shahri bo‘ldi. 2016 yilda Dubay taxminan 15,27 million xalqaro sayyohni qabul qiladi.
"Bu yilgi indeksda eng kutilmagan natija - xorijiy mehmonlar xarajatlari bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib olgan Dubay shahri bo‘ldi. Ularning bu yilgi chiqimlari 31,3 milliard dollarga yetgan, bu esa London shahri ko‘rsatkichlarini (reytingda ikkinchi o‘rinda) sezilarli darajada ortda qoldiradi", - dedi Mastercard'ning xalqaro bozorlar bo‘yicha prezidenti Enn Keyrns.
Reytingga shuningdek sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan Abu-Dabi ham kiritilgan, - 81 foiz.
Bu ma'lumotlar Birlashgan Arab Amirliklarining ketma-ket ikkinchi yil eng ko‘p ziyorat qilinayotgan va sayyohlik yo‘nalishi tez sur'atlarda rivojlanayotgan mamlakat maqomini mustahkamlayotganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
17:36 / 18.11.2024
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024