Jamiyat | 09:41 / 30.10.2016
5897
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda noma'lum kimsa opera tomoshasi vaqtida noma'lum kukunni sepib yubordi

Foto: AP

29 oktabrda Nyu-Yorkning Metropoliten-opera teatridagi tomosha vaqtida bir kimsa noma'lum kukunni purkab yuborgan. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.  

Mahalliy vaqt bilan soat 17.30larda Joakkino Rossinining "Vilgelm Tell" operasi vaqtida tomoshabinlardan biri o‘z o‘rnidan turib, sahnaga chiqib, orkestr o‘rasiga noma'lum moddani sepib yuborgan.

Shundan keyin xavfsizlik nuqtai nazaridan konsert bekor qilingan, tomoshabinlar teatrdan olib chiqilgan.

Bir kishi shifoxonaga yetkazilgan, biroq buning sababi noma'lum.

Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra,  erkak sepgan kukun inson hoki bo‘lishi mumkin. Zalda o‘tirgan tomoshabinlardan bir nechasi politsiyachilarga erkak kukunni sepishdan oldin teatrda "ustozining hokini" to‘zitib yubormoqchi ekanligini aytganini ma'lum qilishgan. Hozir mutaxassislar moddaning aniq tarkibini aniqlash uchun tahlil o‘tkazmoqdalar.  

Politsiyaning ta'kidlashicha, ular erkakning shaxsini aniqlashgan, biroq uning ismini tergov manfaati yo‘lida ma'lum qilishmagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, erkakda "yomon niyat bo‘lmagan" va u hattoki "nomaqbul ish qilayotganini anglamagan bo‘lishi ham mumkin".  

Mavzuga oid