Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinalik futbolchi tribunadagi muxlisning boshiga tepdi
Chilidagi «Odeks Italiano» klubining argentinalik yarimhimoyachisi Sebastyan Pol ichki chempionat doirasida «Universidad Katolika» jamoasiga qarshi o‘yin yakunida raqib jamoa muxlislaridan birining boshiga qarata tepgan. Bu holat tasvirlangan video YouTube portalidagi ACONTRATA kanaliga joylangan.
Futbolchi maydon va tribuna o‘rtasidagi to‘siq ustiga sakrab chiqqan va muxlislardan biriga oyoq bilan zarba berib, ortga qaytgan.
The Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, uchrashuvdan keyin Pol hibsga olinib, ko‘rsatma berish uchun politsiya mahkamasiga keltirilgan. Hozirda ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilishi kutilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Sebastyan Pol 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Ushbu voqea ro‘y bergan o‘yin «Universidad Katolika» jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.