Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston havo yo‘llari” o‘tgan 9 oyda amalga oshirgan ishlariga yakun yasadi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 2016 yil yanvar-sentabr oylarida amalga oshirgan ishlari va ko‘rsatilgan xizmatlariga doir hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra, o‘tgan 9 oy mobaynida 16692 ta reys amalga oshirilgan hamda 1,882 mln kishi manziliga yetkazilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga kamdir, deya xabar qilingan kompaniya saytida.
Hisobotda yozilishicha, uzoq xorij yo‘nalishlari bo‘ylab yo‘lovchilarni tashish hajmi 0,8 foizga oshgan, yaqin xorijiy mamlakatlar va mamlakat ichida yo‘lovchilarni tashish ko‘rsatkichi tegishli ravishda 4,2 va 14,4 foizga qisqargan. Bir reys hissasiga o‘rtacha 113 yo‘lovchi to‘g‘ri kelgan.
Miliy aviakompaniya yuk samolyotlari jami 734ta reysni amalga oshirgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 46ta parvozga ko‘p demakdir. Biroq, ularda o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,6 foiz kam, ya'ni 30,6 ming tonna yuk tashilgan. Xalqaro intermodal logistika markazi joylashgan «Navoiy» aeroportidan 27 ming tonna yuk olib ketilgan.
Mavzuga oid
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi
12:15 / 02.02.2025
2024 yilda havo transporti va temiryo‘l orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni ma’lum qilindi
12:24 / 26.01.2025