Fan-texnika | 18:11 / 01.11.2016
7820
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil o‘g‘rilari jabrdiydadan uzatmalar qutisi bo‘yicha izohlarni talab qilishdi

Foto: Alertcars.com

AQShda 17 yoshli qizni avtomobilni o‘g‘irlaganlik uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum qilishdi. U jinoyatni sodir etish vaqtida jabrlanuvchidan uzatmalar qutisini orqaga qanday o‘tkazishni so‘ragan, deb yozmoqda Seattle Pi.

Mahkama hujjatlarida aytilishicha, hodisa Sietl shahrida avgust oyi boshlarida ro‘y bergan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi yarim tunda uning mashinasiga yaqinlashib, pistolet bilan do‘q-po‘pisa qilgan va barcha naqd pullarini hamda mashina kalitini berishni talab qilgan. 

Shundan so‘ng avtomobilga o‘tirgan o‘g‘rilar yarim daqiqa o‘tar-o‘tmas, mashinadan chiqishgan va jabrdiydadan avtomobilni qanday qilib orqaga yurgizish mumkinligi haqida so‘rashgan. Ular buni bilishgach, mashinani olib qochishgan. Politsiya mahkamasi avtomobilni qo‘shni tumandan topgan.

Qo‘lga olish chog‘ida avtomobilda faqat o‘g‘rining qiz sherigi bo‘lgan. Keyinchalik huquq-tartibot idoralari o‘g‘rilikka aloqador 15 yoshli o‘smirni ham topishgan. Hozircha uning ishi ko‘rib chiqilmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid