Jahon | 17:18 / 01.11.2016
6920
2 daqiqa o‘qiladi

Yildirim: o‘lim jazosini isyonchilarga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi

Foto: EPA

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning bayonot berishicha, davlat to‘ntarishiga oid jinoiy ishda o‘lim jazosini qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki, qonun qabul qilingandan keyin kuchga ega bo‘ladi. 

Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 15 iyuldagi harbiy davlat to‘ntarishiga aloqador kishilar uchun o‘lim jazosini qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzolashga tayyorligini bildirgan edi 

"O‘lim jazosini qo‘llash – bu konstitutsiya va konsessus masalasi. Agar barcha partiyalar bunga kelishsa, mazkur jazoni jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda, cheklangan tarzda qo‘llash mumkin bo‘lar. Bu masala 15 iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, kun tartibiga chiqdi. Odamlar, jinoyatchilarning jazosiz qolishini istamayapti. Va biz ham bunga ko‘zimizni yuma olmaymiz. Biroq, bir narsani bilib qo‘yish kerak, qonun o‘tgan vaqtga ta'sir qilmaydi, ya'ni o‘lim jazosi uning amalga kiritilishidan avval sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo sifatida tayinlanishi mumkin emas", — degan Yildirim. 

Mavzuga oid