Fan-texnika | 19:27 / 01.11.2016
5684
2 daqiqa o‘qiladi

Sharp kompaniyasi antiqa kursilar yaratdi

Foto:.3dnews.ru

Sharp kompaniyasi gadjyetlar akkumulyatorlarini quvvatlashga mo‘ljallangan juda antiqa stansiyani namoyish qildi, u Solar Charging Stand deb nomlandi.

G‘oyaning antiqaligi shundaki, quvvatlash tizimi komponentlari oddiy bog‘ kursisiga integratsiya qilingan. Shu bilan birga bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalaniladi.

Kursining suyanchig‘iga quyosh batareyasi o‘rnatilgan, uning foydali ish koeffitsiyenti 30 foizga yetadi. Ishlab chiqarilgan energiya akkumulyatorda yig‘iladi, bu esa mobil qurilmalarni istalgan sharoitda, hattoki kunning qorong‘i vaqtida yoki yorug‘lik yetarlicha bo‘lmaganda quvvatlash imkonini beradi.

Smartfon yoki planshetni kursining orqa qismiga ulash uchun USB porti mavjud. Bunday kursilardan yozgi kafelarda hamda ochiq joydagi turli ommaviy joylarda foydalanish  taxmin qilinmoqda.

Sharp bu kursini maqsadi energiyaning "yashil" manbalarini ommalashtirishdan iborat bo‘lgan Project for the Promotion of City Charge tashabbusi doirasida yaratdi.

Mavzuga oid