Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda ko‘ngilochar dasturlar namoyishi qayta tiklanadi
Tailand vazirlar mahkamasi seshanba kuni 14 noyabrdan, ya'ni qirol Pxumipxon Adul'yadet o‘limidan bir oy o‘tgach, ko‘ngilochar teledasturlar namoyishini qayta tiklashga ruxsat berish haqida qaror qabul qildi. Bu haqida jurnalistlarga mamlakat bosh vaziri general Prayut Chan-Ocha xabar berdi, qisqa intervyu Tailandning Uchinchi milliy kanali orqali namoyish etildi.
"Shunga qaramay, telekanallar mamlakat motamda ekanligini unutmasliklari kerak. Ko‘rsatuvlarda vazmin ohangni saqlab turish lozim, bu ayniqsa hajviy ko‘rsatuvlarga taalluqli", - qo‘shimcha qildi hukumat rahbari.
Tailandda 13 oktabrda hayotdan ko‘z yumgan qirol o‘limi munosabati bilan bir yillik motam e'lon qilingan. Qirol o‘limidan so‘ng hukumat televideniye orqali bir oy davomida ko‘ngilochar dasturlar namoyishini taqiqlab qo‘ygandi. Shuningdek, hukumat mamlakat fuqarolari va barcha tashkilotlardan bu davr ichida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tadbirlarni bekor qilishni so‘ragandi.
Mavzuga oid
23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi
17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:02 / 18.04.2025