Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft Windows dasturining zaifligida rossiyalik xakerlarni aybladi
Amerikaning Microsoft kompaniyasiga ko‘ra, Windows dasturiy ta'minotidagi zaif nuqtalariga kiberhujumlarni uyushtirgan xakerlar ortida Rossiya hukumati turadi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Endilikda, internet-korporatsiya platforma xavfsizligi borasida paydo bo‘lgan “tirqish”ni bekituvchi dastur ishlab chiqishini aytmoqda. U 8 noyabrda ommaga havola qilinadi.
Microsoft fishing maktublaridan foydalanilgan holda hujum qilingani haqida so‘z yuritgan. Bu maktublarni Fancy Bear kabi anchagina mashhur Strontium xakerlik guruhi jo‘natgan. Mazkur guruh Rossiya mudofaa vazirligi tashqi razvedka xizmatiga ishlaydi, deb hisoblab kelinadi.
Microsoft korporatsiyasi, shuningdek, o‘z dasturidagi kamchilikka oid batafsil ma'lumot bergani uchun Google kompaniyasiga o‘z noroziligini bildirgan edi.
Mavzuga oid
00:16 / 24.05.2025
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
18:01 / 05.05.2025