Jahon | 20:38 / 03.11.2016
9721
3 daqiqa o‘qiladi

Airshow China - 2016: Xitoyda eng zamonaviy “temir ajdarlar” namoyish etildi

Xitoyning Chjuxay okrugida o‘tgan Airshow China — 2016 aviatsiya-kosmik ko‘rgazmasida 700 ta kompaniya ishtirok etdi. Ularning 45 foizi xorijiy kompaniyalardir. Ekspozitsiyalar 11 ta pavilonda namoyish etildi. Bu yerda 150 tadan ko‘p uchuvchi apparatlar tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi.

Suratlar:

1. Xitoyning birinchi og‘ir harbiy-transport samolyoti Xian Y-20.

Foto: TASS  


2. “Qaldirg‘ochlar” va “Rus ritsarlari” uchuvchilar guruhining ko‘rgazmali chiqishi.

Foto: TASS  


3. Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasiga qarashli bo‘lgan qisqa yo‘nalishga parvoz etuvchi Sukhoi Superjet 100 samolyoti.

Foto: TASS  


4. Xitoyning ko‘p maqsadli Y-9 samolyoti.

Foto: TASS  


5. Xitoyning Comac korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Tszin Tszanlun va Rossiya savdo va sanoat vaziri Denis Manturov Rossiya-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarishrejalashtirilgan kengfyuzelyajli samolyot maketi oldida.

Foto: TASS  


6. Xitoyning to‘rtinchi avlod samolyotlariga taalluqli bo‘lgan, barcha havo sharoitlarida parvoz qila oladigan, ko‘p maqsadli J-10 samolyoti.

Foto: TASS  


7. Xitoy-Pokiston ishlanmasi bo‘lgan JF-17 Thunder qiruvchi-bombardimonchisi.

Foto: TASS  


8. Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchi samolyoti.

Foto: TASS  


9. Xitoyning radiolokatsiya ogohlantiruvchi va nazorat qiluvchi KJ-500 samolyoti.

Foto: TASS  


10. Rossiyaning ko‘rgazmadagi havo mudofaasi majmualari. 

Foto: TASS  


11. Strategik bombardimonchi H-6K

Foto: TASS  

12. Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlarining Red Arrows uchuvchilar guruhining chiqishi.

Foto: © EPA/YhC 


13. Aviashouga tashrif buyurganlar. 

Foto: TASS


14. “Rossiya vertolyotlari” xoldingi ekspozitsiyasi.

Foto: TASS


15. "Luch-5A" kosmik modulining soyabon ko‘rinishidagi antennasi. 

Foto: TASS


16. Xitoyning beshinchi avlod samolyotlari namunasi bo‘lmish J-20 qiruvchi samolyoti.

Foto: © EPA/YhC 


17. Xitoylik harbiy Rossiyaning Su-35 qiruvchisi maketi yonida.

Foto: TASS


18. Amerikaning Boeing korporatsiyasi ekspozitsiyasi.

Foto: TASS

 

Mavzuga oid