Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya armiyasi Rigada britaniyalik askarlar ishtirokidagi mushtlashuvda Rossiyaning qo‘li borligini aytmoqda
Britaniya armiyasi Rigada Grenaderlar gvardiya polkining ikki askari ishtirokidagi mushtlashuvda Rossiyaning qo‘li borligini ko‘rdi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Nashrning ta'kidlashicha, britaniyalik harbiylar "Makdonalds"da ovqatlanib o‘tirishganda, go‘yoki ularga noma'lum kimsalar hujum qilib, mushtlashuv keltirib chiqarishgan. Mushtlashuv bo‘layotgan joyda suratga olish guruhi paydo bo‘lib, bo‘layotgan voqeani kameraga ola boshlagan.
Maqola muallifining fikricha, mushtlashuv ataylab uyushtirilgan: suratga olish guruhi mushtlashuv boshlanishini poylab turgan, so‘ngra esa Rossiyaga ro‘yxushlik qiluvchi OAVdan birining tahririyatiga yo‘l olgan.
"Biz bu ataylab uyushtirilganiga aminmiz, ya'ni "Keling bu yigitlarni janjalkash qilib ko‘rsatib, buni videoga olamiz" qabilida ish tutilgan", deb aytdi britan qo‘shinlaridagi manba.
Biroq ba'zi Latviya OAV mushtlashuv ishtirokchilaridan birining otasi aytgan so‘zlarga iqtibos keltirgan holda mushtlashuvni aynan britaniyalik askarlar boshlashganini ta'kidlab o‘tgan.
"Harbiylar o‘zlarini ahmoqona tutdilar va shunchaki kim bilandir mushtlashishga bahona qidirishgan. Boz ustiga ular oyoqda turolmaydigan darajada mast bo‘lganlar. Hech qanday suratga olish guruhi bo‘lmagan, odamlar bo‘layotgan voqeani smartfonlar kameralariga yozib olishgan. Umid qilamanki, video paydo bo‘lganda, barcha aslida nima yuz berganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘ra oladi", deb aytdi ota.
Ta'kidlanishicha, mushtlashuv 31 oktabrda sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:14 / 27.04.2025
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi
23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi
13:46 / 17.03.2025
Toshkentda tanishini himoya qilishga uringan shaxs kuchli zarbadan so‘ng komaga tushib qoldi
13:50 / 20.09.2024