Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada prezidentga nisbatan tergov yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Janubiy Koreya adliya vaziri Kim Xyon Un mamlakatdagi siyosiy mojarolar sabab prezidentga nisbatan tergov ishlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin ekanligini ma'lum qildi. Bu haqida "Interfaks" xabar berdi.
"Olib borilayotgan tergov ishlari qaysi yo‘nalishda ketishiga qarab, men haqiqat qaror topishi uchun qonun nuqtai nazardan Pak Kin Xega nisbatan tergov yuritish zarurati bor yoki yo‘qligini ko‘rib chiqaman", - dedi vazir mamlakat parlamentidagi yig‘ilishda.
U "agar prezidentning o‘zi tergov olib borishga chorlasa, u holda hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi"ni ta'kidladi. Kim Xyon Unning so‘zlariga ko‘ra, "prezidentning o‘zi ham yuzaga kelgan vaziyatning naqadar murakkab ekanligini yaxshi tushunib turibdi".
Janubiy Koreya konstitutsiyasiga muvofiq, amaldagi prezident jinoyatda ayblanishi mumkin emas, faqat isyon yoki xoinlik bundan mustasno.
Xabar berilganidek, Pak Kin Xe hukumat va o‘z apparatida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi, jumladan, u bosh vazir, o‘z ma'muriyati rahbari va moliya vazirini almashtirdi.
O‘zgarishlar prezident va uning dugonasi Tsoy Sun Sil atrofidagi mojarolarga bog‘lanmoqda. Bu Janubiy Koreya jamiyati va siyosiy doiralari tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Pak Kin Xening hukumatdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish harakati aholining mamlakat hukumatiga bo‘lgan ishonchini qaytarishga urinish sifatida baholanmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025