Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada prezidentning sobiq yordamchisi hibs qilindi
Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat prezidentining sobiq yordamchisi Chjon Xo Sonni hibsga oldi. Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, u so‘nggi haftada mamlakatni qamrab olgan shov-shuvli mojarodagi figuralardan biri hisoblanadi.
«Chxon Xo Son o‘tgan tunda maxfiy hujjatlarni Chxve Sun Silga berganlikda gumon qilinib hibsga olindi», — deyilgan xabarda.
Hozircha ushbu holat yuzasidan prokuratura rasman izoh bermagan.
3 noyabr oqshomida Seul okrug sudi mamlakat prezidenti Pak Kin Xening dugonasi, yirik korruptsion janjalga aralashib qolgan Chxve Sun Silni hibsga olish uchun ruxsatnoma berdi.
U o‘z ta'siridan foydalangan holda mamlakatdagi yirik korporatsiyalarni o‘z fondlari (Mir va K-Sports) uchun yirik miqdorlarda xayriya mablag‘lari ajratishga undagan.
Bir qator nashrlarning bildirishicha, bu tizim orqali 53ta kompaniyadan 80 milliard von (72 mln dollar) undirilgan. Ularning aksar qismini Chxve Sun Sil o‘ziga xorijdan ko‘chmas mulk sotib olish hamda qizining ta'lim olishi uchun sarflagan.
Mamlakat prezidenti o‘zining 40 yillik dugonasiga davlat ishlariga aralashishi uchun ruxsat berganlikda gumon qilinmoqda. Pak Kin Xe unga muhim va maxfiy hujjatlarni bergan, jumladan o‘zi o‘qiydigan nutqlar matnini tahrirlash uchun ham.
Prezident o‘zi aralishib qolgan siyosiy mojaro uchun uzr so‘radi va bu ish bo‘yicha tekshiruvlarda prokurorlar bilan hamkorlik qilib, ko‘rsatma berishga tayyorligini aytdi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
17:25 / 07.05.2025