Jamiyat | 10:51 / 05.11.2016
35390
2 daqiqa o‘qiladi

128 yildan so‘ng rassom Van Gog nima sababdan qulog‘ini kesgani ma'lum bo‘ldi

Foto: © Getty Images

Vinsent Van Gog umri davomida uni qo‘llab-quvvatlagan akasi Teoning fotihasi haqida xabar topgach, o‘z-o‘zini qiynashni boshlagan.

Yozuvchi Martin Beyli tarixchilarni qariyb 130 yil davomida qiynab kelgan sirni ochishga muvaffaq bo‘ldi: 1888 yil 23 dekabrda rassom Vinsent Villem Van Gogni o‘z qulog‘ini kesishga nima majburlagan? The Guardian xabar qilishicha, Beyli topgan hujjatlar o‘sha kuni rassom akasi Teoning unashtirilgani haqida maktub oladi.

Avvallari tarixchilar Van Gog va uning qo‘shnisi hamda zavoddagi hamkasbi Pol Gogenning janjallashgani haqidagi talqinga ishonib kelishgan. Unga ko‘ra, to‘qnashuvdan so‘ng rassom o‘z xonasiga qamalib, ustarani olib, qulog‘ini kesib tashlaydi va uni qog‘ozga o‘rab, fohishaxonaga yuboradi.

Ertasi kuni esa politsiya Van Gogni o‘z xonasida qonga belangan choyshablar orasida hushsiz topadi.

O‘tgan kungi hodisa haqida rassom hech nimani eslay olmaydi. Van Gogga umumiy aqldan ozish bilan o‘tkir maniya tashxisi qo‘yiladi va uni shifoxonaga joylashtirishadi. Aynan o‘sha yer, San-Remi-de-Provansda u "Yulduzli kecha" asarini yaratadi.

Avvalgi talqinda tarixchilar Van Gog akasining unashtiruvi haqidagi maktubni qulog‘ini kesganidan bir necha kun o‘tgach o‘qiganini aytishadi. Biroq Martin Beyli "Janub studiyasi" yangi kitobida qayd etishicha, rassom maktubni Gogen bilan janjallashgan kuni o‘qigan. Vinsentni ham moddiy, ham ma'nan qo‘llab kelgan akasi xatga 100 frank solib, avval uni rad etgan ayol, nihoyat akasining xotini bo‘lishga rozilik berganini aytib o‘tadi.

Mavzuga oid