Jahon | 14:10 / 06.11.2016
9797
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad Suriya prezidentligidan ketmoqchi emasligini yana bir bor ta'kidladi

Foto: © AFP

Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatda harbiy harakatlarni to‘xtatishni o‘z burchi deb biladi va o‘z lavozimidan ketishni rejalashtirmagan.

"Bir tomondan qaraganda menga ketish va hayotdan zavq olib yashash ma'qulroq. Axir inqiroz sharoitida mamlakatni boshqarish oson emas, bu faqat mas'uliyat yuklaydi. Ammo mening prezident sifatidagi vazifam bor. Hozir vaziyat izdan chiqqan, bu urush, bosh qo‘mondon sifatida armiya tepasida turishim, xalqni himoya qilishim kerak. Hozir ketishning vaqti emas", — degan u Sunday Times nashriga bergan intervyusida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid