Iroq armiyasi Mo‘sul aeroportiga yaqinlashdi

Foto: © AFP
Iroqning Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha janglarda ishtirok etayotgan Iroq qo‘shinlari shahar aeroportiga yaqinlashdi. Bu haqda operatsiya qo‘mondonligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Harbiylar Furot daryosi g‘arbiy sohili bo‘ylab uyushtirgan hujumlari davomida aeroportga 4 km masofagacha yaqinlashishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari, harbiylar Mo‘suldan 15 km uzoqlikda joylashgan Hammam al-Alil shahri markazini o‘z nazoratlari ostiga olishdi. Biroq bu shaharni jangarilardan to‘liq ozod qilishga muvaffaq bo‘lingani-yo‘qligi haqida ma'lumot berilmagan.
Shu bilan birga IShIDda Iroq armiyasi tomondan katta talofatlar ko‘rilgani ma'lum qilinmoqda. Jangarilarning ta'kidlashicha, bir sutka ichida Iroq qurolli kuchlari 150 harbiy, 29 ta Humvee zirhli mashinasi, ikkita "Abrams" tanki va bir nechta boshqa texnikani yo‘qotgan.
Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, jangarilar 11 ta Humvee va 5 ta Cougar zirhli mashinasini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid

18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi

17:32 / 29.04.2025