Sport | 19:07 / 06.11.2016
4881
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy London derbisida durang qayd etildi va «Arsenal» birinchi o‘ringa ko‘tarila olmadi

Foto: APL

«Arsenal» va «Tottenhem Hotspur» APLning 11-turida o‘zaro uchrashdi. Londondagi «Emireyts — Eshberton Grouv» stadionida kechgan "Shimoliy London derbisi" maqomidagi ushbu uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Birinchi bo‘limning oxirgi qismida Mesut O‘zil jarima zarbasini ajoyib tarzda ijro etdi va to‘p Kevin Vimmerning boshiga "qo‘nib", Loris qo‘riqlayotgan darvozaga borib tushdi - 1:0. 

Ikkinchi bo‘lim avvalida Loran Koselni jamoasi jarima maydonchasida Mussa Dembeleni yiqitdi va hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Harri Keyn nuqtaga yaqinlashib, Petr Chexni dog‘da qoldirdi. 

O‘yinda boshqa gol urilmadi va Arsen Venger shogirdlari turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonidan mahrum bo‘ldi.

«Arsenal» 24 ochko bilan «Manchester Siti»ni ta'qib etmoqda. Birinchi o‘rinda esa «Chelsi» joylashgan (25 ochko). «Tottenhem» beshinchi o‘rinda (21 ochko).

Arsenal – Tottenhem 1:1
Gollar: 1:0 – 42, avtogol Vimmer, 1:1 – 51, penalti Keyn.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uolkott (Oksleyd-Chemberlen, 71), Djaka, Sanches, Ozil, Ivobi (Jiru, 70), Koklen (Remzi, 65).
Tottenhem – Loris, Vimmer, Rouz, Uoker (Tripper, 80), Vertongen, Vanyama, Dayyer, Dembele, Eriksen, Keyn (Yanssen, 73), Son Xyn Min (Uinks, 89).
Ogohlantirishlar: Vimmer (6), Koselni (69), Dayyer (73).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid