Light | 09:39 / 07.11.2016
20884
3 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik dizayner inson kulidan idish va taqinchoqlar yasamoqda

Suratlar: boredpanda.com

Insoniyat texnologik va moddiy jihatdan naqadar taraqqiy etayotgani sari, uning axloqiy o‘lchamlari tobora tubanlashib bormoqda. Bu ayniqsa, moddiy mo‘l-ko‘lchilikka erishgan g‘arb davlatlarida kuzatilmoqda. Xususan, amerikalik dizayner Jastin Krouning uqdirishicha, u san'at va hunarmandchilik vositasida inson o‘limiga oid tasavvurini hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo‘lganini ta'kidlamoqda. 

Krou o‘z biznesini internet orqali qachonlardir 200 nafar insonga tegishli bo‘lgan suyaklarni qonunan sotib olib, ularni suyak kuliga aylantirishdan boshladi. Aniqrog‘i, u bu mahsulotdan turli idishlar ishlab chiqarishda foydalangan. 

O‘z ishini tantana qilish maqsadida do‘stlarini kechki nonushtaga chorlagan Krou taomlarni inson suyaklarining kulidan yasalgan idishlarda dasturxonga tortishga qaror qildi. 

Dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, uning bu qaroriga buvasining vafoti katta ta'sir ko‘rsatgan. Bularning barchasi unga ma'lum vaziyatda sodir bo‘lgani Krouning musibatga ko‘nikishi va o‘zining qachonlardir o‘lishi mumkinligini qabul qilishiga yordam bergan. 

Internet tarmog‘ida o‘z g‘oyasi bilan o‘rtoqlashgan Krou uchun bir nechta takliflar olgani kutilmagan hol bo‘lgan. Odamlar yaqinlari yondirilganidan keyin qolgan kullardan shaxsiy xotira jihozlari yasab berishni so‘rashgan. Krouning so‘zlariga ko‘ra, ular javonda turgan bir uyum kuldan ko‘ra, sevimli insoni haqida eslatib turuvchi buyumga ega bo‘lishni xohlashgan. 

Oktyabr oyida dizayner inson qoldiqlarini yoqib, uning kulidan zargarlik buyumlari va sopol idishlar yasashda foydalanish bo‘yicha o‘z saytini ham ishga tushirdi. Masalan, qahva idishini 199 dollarga, kulonni 189 dollar evaziga buyurtma berish mumkin. 

Aytish joizki, Krou inson qoldiqlarini pul vositasi va biznesga aylantirgan birinchi rassom emas. Undan avval, amerikalik Zeyn Uayli internet orqali inson bosh chanog‘ini qonunan xarid qilib va undan “san'at” asarlarini yasashni yo‘lga qo‘ygan edi. 
 

Mavzuga oid