Robin van Persi faoliyatini xavf ostida qoldiradigan darajadagi qo‘rqinchli jarohat oldi

"Fenerbahche"ning Turkiya chempionati doirasidagi uchrashuvlardan birida yuz bergan vaziyat ortidan Robin van Persi ko‘r bo‘lish xavfi ostida qoldi.
"Fenerbahche"ning "Akhisar"ga qarshi kechgan va mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yin davomida van Persining qovog‘iga urishgan. Jarima maydonchasida niderlandiyalik futbolchini qarshi olgan himoyachi uning chap ko‘ziga barmoqlari bilan zarba berib yuborgan.
Van Persi maydondan to‘g‘ri shifoxonaga olib ketildi. Dastlabki tashxis yoqimsiz: futbolchi 33 yoshida bir ko‘zi ko‘rmay qolishi mumkin.

"Fenerbahche" safida ikkinchi mavsumni o‘tkazayotgan futbolchi o‘z vaqtida Angliyaning "Arsenal" va "Manchester Yunayted" jamoalarida yorqin davrlar o‘tkazgandi.
Niderlandiya terma jamoasi safida van Persi 2010 yilgi JChda kumush, 2014 yilgi JChda esa bronza medal olgandi. U milliy terma jamoa safidagi 101 uchrashuvda 50ta gol urgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
Mavzuga oid

20:42 / 03.04.2025
Mourinio yana hunar ko‘rsatdi – uni Turkiyadan ketishga chaqirishmoqda

13:45 / 08.04.2024
Turkiyada antiqa final, Shomurodov g‘alabaga hissa qo‘shdi. Yevropada kun o‘yinlari

16:16 / 18.03.2024
Turkiya chempionatida yana mushtlashuv. Mezbon fanatlar «Fenerbahche» futbolchilariga hujum qildi

17:47 / 20.08.2022