Jamiyat | 12:34 / 09.11.2016
3260
2 daqiqa o‘qiladi

10-11 noyabr kunlari Toshkentda fizika bo‘yicha xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi

Foto: 5iz5.ru

10-11 noyabr kunlari Toshkentda "Fundamental va amaliy fizika rivojida yangi tendensiyalar: muammolar, yutuqlar, istiqbollar" nomli xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi. Bu haqida O‘zA nashri xabar berdi.

Butun dunyo olimlarining ta'kidlashicha, o‘rta asrdagi Sharq Uyg‘onish davri xususiyatlari aniq fanlar - matematika, astronomiya, fizikaning rivojida namoyon bo‘ldi.

Mustaqillik yillarida boshqa ilmiy yo‘nalishlar bilan birga fizik va astronomlarga ham rivojlangan mamlakatlar tadqiqotchilari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar yaratildi. 

10-11 noyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan simpozium fundamental va amaliy fizika masalalari bilan bir qatorda o‘zbek fizika maktabi salohiyatini yana bir bor xalqaro miqyosda namoyish qilish imkonini beradi. 

Manbaga ko‘ra, xalqaro simpoziumda to‘rt yo‘nalishdagi (nazariy fizika, astrofizika, eksperimental fizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va yangi materiallar) muammolar, yutuqlar va istiqbollar muhokama qilinadi. Mazkur tadbirda 200dan ortiq xorijiy olimlar va tadqiqotchilar qatnashishi kutilmoqda.
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid