Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampni g‘alaba bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 noyabr, chorshanba kuni respublikachi Donald Trampni AQSh prezidentligi saylovlarida g‘olib bo‘lganligi bilan muborakbod etdi. Bu haqida Kreml rasmiy saytida xabar berildi. Rossiya rahbari Trampga telegramma yo‘llab, uning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatiga omad tiladi.
Shu bilan birga, Vladimir Putin Rossiya-Amerika munosabatlarini inqiroz holatidan olib chiqish yo‘lida hamkorlik qilishga umid bildirdi.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Vashington o‘rtasida konstruktiv muloqot tashkil etish nafaqat ikki mamlakat, balki butun dunyo hamjamiyati manfaatlariga javob beradi. Putin bu yo‘lda "teng huquqlilik, o‘zaro hurmat" tamoyillariga asoslanib, harakat qilish muhimligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
20:39 / 23.05.2025