Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya politsiyasi Peterburgdan Toshkentga ketayotgan avtobus ishtirokidagi YTH bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi
Rossiya huquq-tartibot muassasalari Saratov viloyatining Tatishev tumanida O‘zbekistonning 16 nafar fuqarosi jabr ko‘rgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bu haqda podrobno.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 30 oktabrda Tambov-Saratov avtomobil yo‘lida, Tatishev tumanidagi Sadovka qishlog‘i yaqinida Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Yutong yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
"Ichida yo‘lovchilar bo‘lgan Yutong avtobusi haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarishi oqibatida avtobus yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan. Oqibatda 1974 yilda tug‘ilgan yo‘lovchilardan birining salomatligiga og‘ir shikast yetkazilgan. Jabrlanuvchi ayni vaqtda shifoxonada qolmoqda", deyildi Saratov viloyati prokuraturasi bergan xabarda.
Ushbu holat yuzasidan Rossiya ichki ishlar vazirligining Tatishev tumani tergov bo‘limi tomonidan "inson salomatligiga og‘ir shikast yetkazishga olib kelgan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi" moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda,
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024