Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zoirovdan yengilgan Aloyan Olimpiadaning kumush medalidan mahrum etilishi mumkin
Boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi a'zosi Misha Aloyan Rio-2016 Olimpiadasida qo‘lga kiritgan kumush medalidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda.
Fancy Bears xakerlik guruhi tomonidan Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Olimpiadada doping aniqlangan sportchilar ro‘yxatiga ko‘ra, qora ro‘yxatda Aloyan ham bo‘lgan.
Misha 21 avgust kuni doping-test topshirgandi. Uning qon tarkibida taqiqlangan modda borligi aniqlangan. Bokschining murabbiyi Misha shamollab qolgani uchun bu preparatni qabul qilganini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Misha Aloyan Rio Olimpiadasining final jangida hamyurtimiz Shahobiddin Zoirovga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025