Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh shtabi: Mamlakat Harbiy-havo kuchlari Suriyadagi amaliyotlarda ishtirok etmayapti
Turkiya Harbiy-havo kuchlari samolyotlari keyingi vaqtlarda Suriya hududida Anqara va Suriya ozodlik armiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan "Frot qalqoni" amaliyoti doirasida harbiy uchishlarni amalga oshirmagan. Bu haqda TASS agentligiga Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi ma'lum qilgan.
Shunday ma'lumotlar harbiylarning avvalroq e'lon qilingan hisobotlarida ham keltirilgandi. Unda "samolyotlar buyruq olmagunicha yerda qolishi" va "favqulodda vaziyatlar uchun tayyor turishi" lozimligi aytilgan.
O‘z navbatida Anado‘li agentligi respublika samolyotlari keyingi 2 haftada Suriya osmonida harbiy uchishni amalga oshirmaganini ta'kidlagan.
Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlab kelgan Turkiya samolyotlari parvozlari to‘xtatilishi Suriya hukumatining o‘z havo hududida beruxsat uchgan samolyotlarni urib tushirishidan ogohlantirgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
"Frot qalqoni" amaliyoti 24 avgust kuni boshlangandi. Bundan maqsad Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh hududlarini IShID jangarilaridan tozalash edi. Keyinroq turkiyalik harbiylari Suriya shimolidagi kurdlarga qarshi ham harbiy harakatlar o‘tkazayotgani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:25 / 25.04.2017
Turkiya aviatsiyasi Suriya va Iroq hududidagi kurdlarga zarba berdi
00:36 / 30.03.2017
Turkiya "Frot qalqoni" operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganini e'lon qildi
18:21 / 23.02.2017
Turkiya: «Al-Bob olindi»
14:40 / 10.01.2017