Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Saralash. Yevropa. Xorvatiya yakkapeshqadamga aylandi, Avstriya o‘z uyida yutqazdi
Yevropada JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda. Bugunga belgilangan uchrashuvlarning dastlabki to‘rttasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Xorvatiya terma jamoasi guruhdagi asosiy raqobatchisi Islandiyani qabul qilib ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va gurhda yakkapeshqadam bo‘lib oldi. Xorvatlar hisobida endi 4 uchrashuvda qo‘lga kiritilgan 10 ochko mavjud.
Avstriya esa o‘z uyida Irlandiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Irlandiya terma jamoasi esa 10 ochko bilan yetakchiga aylanib oldi. Birozdan keyin nihoyasiga yetadigan Uels va Serbiya terma jamoalari uchrashuvida Serbiya g‘alaba qozonsa, irlandlarga yetib olishi mumkin bo‘ladi. Aks holda Irlandiya ham guruhda yakkapeshqadam bo‘lib olish imkoniyatiga ega.
Shuningdek yana bir uchrashuvda Turkiya o‘z maydonida Kosovoni qabul qilib saralash bosqichidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini beshtaga yetkazib oldi.
JCh-2018. Saralash
Yevropa
Avstriya – Irlandiya 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 48 Makkleyn.
Avstriya: O‘zjan, Klyayn, Vimmer (Ilzanker, 78), Dragovich, Alaba, Zabittser (Xarnik, 73), Shopf (Shaub, 57), Arnautovich, Baumgartlinger, Xinteregger, Yanko.
Irlandiya: Rendolf, Koulmen, Klark, Daffi, Breydi, Arter, Xulaxan (Makgoldrik, 78), Xendrik, Uelan (Meyler, 24), Makkleyn (Makgidi, 85), Uolters.
Turkiya – Kosovo 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 51 Yilmaz, 2:0 – 55 Shen.
Turkiya: Bobojon, Chalik, Kaldirim, Geno‘l, To‘pal, Turan, Shen (Under, 77), Inan, O‘zyoqub (Malli, 46), Chalxano‘g‘lu, Yilmaz (To‘sun, 87).
Kosovo: Uykani, Perdeday, Rraxmani, Pnishi, Alushi, Berisha, Rashitsa, Shala, Zeneli, Kololi, Muriki.
Gruziya – Moldova 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 16 Kazaishvili, 1:1 – 78 Gatskan.
Xorvatiya – Islandiya 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 15 Brozovich, 2:0 – 90 Brozovich.
Xorvatiya: Subashich, Vida, Pivarich, Vrsalko, Chorluka, Brozovich, Kovachich (Modrich, 46), Rakitich (Kramarich, 85), Badel, Perishich, Mandjukich (Chop, 90).
Islandiya: Xaldersson, Sigurdsson, Magnusson, Sevarsson, Arnason, Gunnarsson, Gudmundsson, Byarnason (Traustason, 75), Sigurdsson, Byarnason, Bedvarsson (Kyartansson, 75).
Chetlatish: Perishich (90).
Yana beshta uchrashuvda hozirda davom etmoqda
Lixtenshteyn – Italiya. 00:45
Uels – Serbiya. 00:45
Albaniya – Isroil. 00:45
Ispaniya – Makedoniya. 00:45
Ukraina – Finlyandiya. 00:45
Mavzuga oid
21:58 / 09.06.2021
Yevro-2020, C guruhi: o‘yinlar taqvimi, faktlar va tarkiblar
16:50 / 23.06.2018
O‘zbekistonlik futbol muxlislari Saptiva’da Rossiyaga yo‘l oldi
01:23 / 20.06.2018
Rossiya – Misr: Cherishev qatorasiga ikkinchi uchrashuvda eng yaxshi o‘yinchi deb topildi
22:45 / 19.06.2018