Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda birinchi eko-masjid ochildi
Dubay shahridagi “yashil hudud” deb ataluvchi Sustainable City tumanida birinchi eko-masjid ochildi. Mazkur inshoot 700 nafar namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Bu haqda Muxlis.uz xabar bermoqda.
Masjid qurilishida atrofga kam zarar keltiruvchi ekologik sof, tejamkor yuqori texnologiyalardan foydalanildi. Masalan, mazkur masjid, boshqalari bilan qiyoslaganda, 90 foizga kam energiya sarflaydi. Avtomobillar turar joyi quyosh batareyalari asosiga ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Sustainable City tumanining umumiy maydoni 460 ming kv.m bo‘lib, u 3 prinsipga— ekologik soflik, tejamkorlik va ijtimoiylik—asoslangan. Shaharcha tevarak atrofga qariyb zarar keltirmaydi.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
18:08 / 04.04.2025