Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTIHning Perudagi sammitida TTH taqdiri muhokama qilinadi
Shu haftada, Transtinch okeani hamkorligini tashkil etish bo‘yicha kelishuvni imzolagan 11 mamlakat yetakchilari Peru poytaxti Lima shahrida AQSh prezidenti Barak Obama bilan maxsus uchrashuv o‘tkazishadi. Muloqot Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti doirasida tashkil etiladi. Unda xalqaro savdo birlashmasining kelgusi taqdiri muhokama qilinadi. Bu haqda, OTIH kotibiyati ijrochi direktori Alan Bollard The Straits Times nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "TTH kelishuvini ratifikatsiya qilish bo‘yicha muddat belgilanmagan. Biroq, unda AQSh ishtirok etmasa, kelishuvni amaliyotga tatbiq etib bo‘lmaydi". Shunga qaramay, "garchi muzokaralardan barchada charchoq alomatlari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, kelishuvning ayrim bandlari o‘zgartirilishi ham mumkin". Bollardning ta'kidlashicha, "TTHning taqdiri 12 davlat rahbarlari ixtiyoridadir. Ular kelishuvga yangi turtki bera olishadimi yoki u batamom barbod bo‘ladimi, vaqt ko‘rsatadi".
OTIH ijrochi direktorining aytishicha, "11 davlat yetakchilari AQSh ishtirok etmagan taqdirda ham bunday global g‘oyadan voz kechishlari dargumon albatta, biroq, Vashington ishtirokisoz tashkil etilgan savdo hamkorligi miqyosi sezilarli qisqaradi".
Transtinch okeani hamkorligi bo‘yicha kelishuv 12 davlat savdo vazirlari tomonidan joriy yil fevralida Oklendda imzolangan edi. Ushbu yirik mintaqaviy savdo birlashmasiga Avstraliya, Bruney, Vetnam, Kanada, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, AQSh, Singapur, Chili va Yaponiya davlatlari kirishi kerak. Biroq, AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bir necha marotaba Qo‘shma Shtatlar TTHda ishtirok etmasligini aytgan edi.
Mavzuga oid
17:07 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirdi
18:01 / 25.04.2025
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi
10:02 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Qozog‘istonga tashrif buyuradi
17:50 / 16.04.2025