Saakashvili Ukraina o‘z-o‘zini yo‘q qilib yuborishini bashorat qildi
Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina hozirgi ijtimoy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari saqlanib qolsa, mavjud bo‘lishdan to‘xtaydi, deb aytdi. U bu haqda 14 noyabrda "112 Ukraina" telekanali efirida aytib o‘tdi.
"Ukraina Yevropaning eng nochor davlati darajasiga keltirilgan. Bunday davom etishi mumkin emas! Bizga hukumat taklif qilayotgandek o‘ssak, unda eng yaxshi vaziyatda Yanukovich zamonidagi darajaga 15 yildan keyin erishamiz. Agar bugungi kundagidek o‘ssak, bu davlatdan nom-nishon qolmaydi", deb aytdi Saakashvili.
Uning aytishicha, Ukrainadagi vaziyatni to‘g‘rilash uchun zudlik bilan islohotlar kiritish, soliqlarni kamaytirish zarur.
Mavzuga oid
16:56 / 02.10.2024
Rossiya armiyasi Ukrainaning «qal’a shahri» Vuhledarni egalladi
12:10 / 02.10.2024
Ukraina mudofaa vaziri to‘rt o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
11:50 / 02.10.2024
Stoltenberg: Ukrainadagi tinchlik AQSh kafolatlarini o‘z ichiga olishi kerak
11:30 / 02.10.2024