Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sotsialist Radev Bolgariya prezidenti saylovida g‘olib bo‘ldi
Bolgariya sotsialistik partiyasidan nomzod bo‘lgan general Rumen Radev mamlakat prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, ovozlarning 99,33 foizini hisoblab chiqilgan.
TASS agentligi xabarida qayd etilishicha, Radevga saylovchilarning 59,35 foizi ovoz bergan. Uning «Fuqarolar Bolgariyaning yevropacha rivojlanishi tarafdori» partiyasidan raqibi Tsetska Tsachev esa 36,17 foiz ovoz yiqqan.
Hukumatdagi «Fuqarolar Bolgariyaning yevropacha rivojlanishi tarafdori» partiyasi o‘z nomzodining mag‘lubiyatini tan oldi. Partiya yetakchisi, mamlakat bosh vaziri Boyko Borisov yaqin kunlarda iste'fo berish niyatini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
18:24 / 12.02.2025
Ukraina Bolgariyadan ikkita yadroviy reaktor sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
10:08 / 01.01.2025