Fan-texnika | 14:44 / 15.11.2016
7935
1 daqiqa o‘qiladi

Bahraynda eng tez Nissan GT-R ishlab chiqildi

Foto: Motor.ru

Bahraynda joylashgan EkanooRacing tyuning atelesi poygachi Nissan GT-R modeli qayta ishlangan namunasining rekord ko‘rsatkichi qayd etilgan videoni internetga joylashtirdi. Sportkar chorak mil (400 metr) masofani 7,168 soniyada ortda qoldirgan va soatiga 336,44 km tezlikda harakatlangan. Tyunerlarning so‘zlariga ko‘ra, bu GT-R modellari tarixidagi eng yaxshi natijadir. 

Hozircha, uning texnik ko‘rsatkichlari va boshqa tafsilotlariga oydinlik kiritilmayapti. EKanooRacing atelesining «Godzilla» negizidagi avvalgi loyihasida  VR38 Billet Version 2 dvigateli bloki va ikkita Garrett GTX turbinasi o‘rnatilgan edi. Amerikaning AMS Performance idorasi ko‘magida barpo etilgan mashina motori salkam 2500 ot kuchiga ega bo‘lgandi. 

Atele rahbariyati GT-R ustida izlanishlarni davom ettirish va mazkur masofada yangi rekord o‘rnatishga va'da bergan. 

Mavzuga oid