Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter orqali Qirg‘iziston prezidenti hayotiga tahdid qilgan kishining shaxsi aniqlanmoqda
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) respublika prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan bir qancha tahdidli gaplarni e'lon qilgan Twitter foydalanuvchisining shaxsini aniqlamoqda. Bu haqda AKIpress agentligi xabar bermoqda.
" MXDQ operativ-xodimlari ishlashmoqda. Ayni damda uning shaxsi va yashash manzilini aniqlash borasida operativ ishlar olib borilmoqda", — deb xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmatida.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqning Muslim deb nomlanuvchi foydalanuvchisi Qirg‘iziston prezidentining hayotiga qasd qilishga qaratilgan beshta xabarni e'lon qilgani xabar berilgan edi.
E'lon qilingan xabar rus tilida bo‘lib, juda ko‘plab imloviy xatolarga ega. Foydalanuvchining turar joy sifatida ijtimoiy tarmoqda Suriya ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025