Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ikki yashar bola o‘qotar quroldan bir yashar qarindoshini otib tashladi
Amerikaning Baton-Ruj shahrida ikki yashar bola o‘qotar quroldan bir yashar bolaning yuzidan otib tashladi. Jabrlangan bola ayni damda og‘ir holatda. Bu haqda shahar politsiyasi ma'lumotiga asoslanib, Associated Press xabar bermoqda.
Politsiya vakilining ma'lum qilishicha, voqea savdo markazidan uncha uzoq bo‘lmagan avtoturarjoyda sodir bo‘lgan. Transport vositasi yonida kattalar bo‘lgan. Politsiya bolaning qo‘liga qurol qanday tushib qolganini aniq aytib bera olmayapti.
Ma'lum qilinishicha, bolalar qarindosh bo‘lishgan. Oila jarohatlangan bolani o‘zlari mustaqil shifoxonaga yotqizmoqchi bo‘lishgan. Huquqni muhofaza qilish organi voqea yuzasidan tergov ishlarini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
23:15 / 13.03.2022
Jangovar shaylik sinovidan o‘tolmagan tergovchi o‘qotar qurolni yig‘gan video tarqaldi
07:31 / 11.03.2022
“Xodimlarning 90 foizi sinovdan a’lo darajada o‘tdi” – Nurafshonda ichki ishlar mansabdorlari o‘qotar qurolni yig‘a olmagani bo‘yicha izoh berildi
17:51 / 10.03.2022
Nurafshonda ichki ishlar mansabdorlari o‘qotar qurolni yig‘a olmadi
22:59 / 14.06.2021