O‘zbekiston | 16:27 / 16.11.2016
57054
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent shahar pasport bo‘limlari biometrik pasport bo‘yicha qabullarni to‘xtatdi
Toshkent shahri tumanlarining pasport beruvchi bo‘limlari qabullarni to‘xtatgan va biometrik pasportga suratga olish ishlari amalga oshirilmayapti.
O‘zbekiston IIV Toshkent shahar Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimi Kun.uz saytiga shu haqda ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, biopasportni tayyorlash uskunalari profilaktikasi, ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shunday qaror qabul qilingan. Profilaktika ishlari shaharning barcha tumanlarida olib boriladi va 11 dekabrda yakunlanadi.
Shahar fuqarolari 12 dekabrdan e'tiboran pasport masalasida tuman bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
09:10 / 15.11.2024