Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ja'far Irismetov boshqaruvidagi «Obod» klubi Oliy Ligada qolish imkoniyatini oshirdi
O‘zbekiston chempionati Oliy ligasida hal qiluvchi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun Toshkentda «Obod» klubi «Andijon» jamoasini qabul qildi.
Bir bo‘limdan ortiqroq vaqt mobaynida bir futbolchi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramasdan, «Obod» bu o‘yinda mag‘lub bo‘lmaslik vazifasini uddaladi.
Endilikda Ja'far Irismetov boshqaruvidagi toshkentliklar jamoasi Oliy ligada jon saqlab qolish imkoniyatini oshirdi. «Andijon» esa aksincha, bu vazifani ancha qiyinlashtirdi.
Ayni vaqtga kelib, chempionat yakuniga 1 tur qolganida «Obod» klubi hisobidagi ochkolar soni 23ta va jamoa 13-o‘rinda joylashgan. Ligada jon saqlab qolish uchun kurashadigan jamoalar qatorida 14, 15 va 16-o‘rinlardagi «Qo‘qon-1912» (28 uchrashuvdan keyin 23 ochko), «Navbahor» (22 ochko) va «Andijon» (20 ochko) klublarini keltirish mumkin.
Oliy liga 29-tur
Obod – Andijon – 0:0
Obod: 12. Dilshod Hamroyev, 2. Abror Xusinov, 4. Xurshid G‘iyosov, 5. G‘ayrat Umirov, 8. Doniyor Hasanov (S), 9. Pavel Solomin, 11. Shoxruz Norxonov, 55. Sardor Qahhorov, 60. Anvar G‘ofurov, 80. Sanjar Rihsiboyev, 88. Sardor Sobirxo‘jayev.
Andijon: 46. Xurshid Xo‘jayev, 6. Ibrohim Otaxonov (S), 17. Timur Vasilev, 18. Farhod Bekmuratov, 19. Denis Ilesku, 21. Javlon Guseynov, 22. Ro‘zimboy Ahmedov, 29. Obid Jo‘raboyev, 55. Dilshod Jo‘rayev, 90. Pavel Smolyachenko, 91. Alibobo Rahmatullayev.
Chetlatish: Doniyor Hasanov (43, Obod)
Mavzuga oid
07:50 / 30.01.2021
Cheran va Sergeyev uchun yangi xaridor, Arveladze o‘rniga ko‘rilgan nomzodlar, «Nasaf» yetakchisi bilan muzokara. Ja'far Irismetov bilan intervyu
20:55 / 03.06.2020
«Saudiya, BAA klublari va «Persepolis»dan taklif bo‘ldi» – Masharipov, Sergeyev va Krimetsga qiziqishlar haqida «Paxtakor» sport direktori bilan suhbat
14:48 / 18.04.2020
Ja'far Irismetov: «Jasur Yaxshiboyevga Portugaliya va Yevropaning ikki chempionatidan taklif tushdi»
17:03 / 13.02.2019