AQSh prezidenti qanday vakolatlarga ega?
Mamlakat prezidenti — hukmronligi chegara bilmaydigan juda mashhur shaxsdek go‘yo. Aslida, ko‘plab davlatlar, jumladan, AQShda ham prezident vakolatlari ko‘plab qonunlar tomonidan aniq va ravshan qilib qayd etilgan. Donald Tramp saylovda g‘olib kelgani bilanoq dunyo hukumat endi g‘alati inson qo‘liga o‘tadi degan tashvishga tusha boshladi. Xavotirga o‘rin yo‘q — mavjud qoidalardan chetga chiqish hattoki, filmlardagi yovuz qahramonlarni eslatuvchi prezidentga ruxsat berilmagan.
Kongress chaqirish
Prezident agar vaziyat taqazo etsa, istalgan vaqt kongress chaqirish huquqiga ega. Qoidaga ko‘ra, bu kutilmagan holat, tabiiy ofat yoki harbiy tahdidlarga tegishli.
Jazolash va afv etish
AQSh prezidenti federal qonunlarni buzgani uchun sudlangan har qanday kishini afv etishi mumkin. Faqat prezident o‘z-o‘zini kechira olmaydi — tergov yoki jinoyat uchun hukm vaqtida huquq bir zumda bekor qilinadi.
Partiyalarni boshqarish
Prezident o‘z siyosiy partiyasining rasmiy yetakchisi sanaladi. Biroq, prezidentlar kamdan-kam hollarda partiya ichki hayotining tashkilotchilik vazifasini zimmasiga oladi — bu ishni ular uchun uncha mashhur bo‘lmagan rahbarlar amalga oshiradi.
Qonunlar qabul qilish
Prezident Kongress tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini rad etish huquqiga ega. Shuningdek, o‘z o‘rnida, Kongress ham prezident inkorini bekor qilish uchun ovoz berishi mumkin.
Elchilarni tayinlash
Prezident elchilar, oliy sud hakamlari (ular Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak), davlat kotiblari va boshqa turli mansabdor shaxslarni saylovsiz, biroq Senat roziligi bilan tayinlash huquqiga ega.
Favqulodda vakolatlarni o‘z zimmasiga olish
Inqiroz vaqtida prezident favqulodda vakolatlarni amalga oshirishi mumkin. Bu majburiyat aniq bo‘lmasa-da, AQSh konstitutsiyasida davlat rahbari armiya, oliy sud va boshqa ko‘plab muhim davlat lavozimlarini egallashi ko‘rsatib ketilgan. Bunday vakolatlar prezidentga vaqtinchalik harbiy ahvolni e'lon qilish va AQSh ichida isyonni bostirish uchun armiyadan foydalanish huquqini beradi.
Oddiy insonlarga nisbatan ko‘proq dam olish
Prezidentning ishi juda og‘ir bo‘lgani uchun unga ko‘proq dam olish huquqi berilgan. Aynan shu sababli AQSh prezidentlarini tez-tez golf maydonlari yoki shahar chekkasidagi qarorgohlarda uchratish mumkin.
Armiyani boshqarish
Prezident qurolli kuchlarning bosh yetakchisi sifatida armiyani istalgan yeriga yo‘naltirishi mumkin. Biroq, bu holat faqat boshqa mamlakatlarga urushda yordam ko‘rsatish uchungina amalga oshiriladi. Prezident bevosita urushni o‘zi e'lon qila olmaydi, sababi u Kongressdan ruxsat olishi lozim.
Xizmatchilarga ega bo‘lish
Prezident bo‘lishning afzal jihatlaridan biri ular uchun deyarli barcha narsani bajaruvchi maxsus insonlarning bo‘lishidir. Masalan, o‘rinlarni to‘g‘irlash yoki yaqinlarning tug‘ilgan kuni haqda yodga soluvchi yordamchilar. Prezident uchun jami 4000ga yaqin inson xizmat qiladi. Jumladan, bir necha gulchilar, malakali oshpaz-qandolatchilar, shaxsiy trener va hattoki kalligrafchilar.
Yadroni ishga tushirish kodini saqlash
«Yadroviy chemodan» deb ataluvchi yadro ishga tushish kodlari doim prezident bilan birga yuradi. So‘nggi yillarda kodlar kredit kartalariga o‘xshash maxsus kodlarda saqlanmoqda. Uni dunyoning istalgan burchagidan turib ishga tushirish mumkin.
Umrining so‘ngigacha millionli maoshlar olish
Yiliga 400 000 dollar hisobidagi ish haqi, to‘liq oziq-ovqat va yashash uchun joy bilan ta'minlanishga qo‘shimcha ravishda prezident umumiy qiymati 1 mln dollardan ortiq bo‘lgan mablag‘ni ham qo‘lga kiritadi. Nafaqaga chiqqanidan so‘ng, sobiq prezidentlar yiliga 200 000 dollarga yaqin mablag‘, sirli qo‘riqlash xizmati uchun yana 100 000 dollar va barcha xodimlar uchun qo‘shimcha xarajatlarni oladi.
Qonun bo‘yicha javob berish
Prezident «davlat xoinligi, poraxo‘rlik va boshqa jiddiy jinoyatlar hamda harakatlar» uchun ayblanishi va sud qaroridan so‘ng lavozimidan chetlatilishi mumkin. Bu jarayon «oliy shaxslarni javobgarlikka tortish» deyiladi va bular inauguratsiya vaqtida yangi prezident bilan muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15 / 19.11.2024