Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston prezidenti na Ozarboyjon va na Turkiya bilan muammolar bo‘lishini istaydi
Armaniston prezidenti Serj Sargsyan o‘z mamlakatini na Ozarboyjon va na Turkiya bilan muammolari bo‘lgan, kuchli davlat sifatida ko‘rishni istashini aytdi. Bu haqida u RIA "Novosti"ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Milliy g‘oya nimada? Na Ozarboyjon va na Turkiya bilan muammolar bo‘lgan, kuchli, mustahkam davlat qurishda", - dedi Sargsyan.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u yevropaliklarning Armanistonga kelib, mamlakatning rivojlanayotganini ko‘rishni orzu qiladi.
"Bu, ehtimol, eng ro‘yobga chiqmaydigan orzudir, biroq men barcha armanlarning Armanistonda bo‘lishini istayman. Ular haqiqatdan ham bir joyda yig‘ilsa, bir masala bo‘yicha to‘rt xil fikr bildirishadi. Shunday bo‘lsa-da, biz birgalikda kuchlimiz", - qo‘shimcha qildi prezident.
Mavzuga oid
21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
08:23 / 22.03.2025