Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning Toshkentdagi vakolatxonasi yopiladi
NATO tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun 2014 yil mayida O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ochgan byurosi yopiladi. RIA Novosti agentligi byuro xodimlariga asoslanib xabar berishicha, tashkilot vakolatxonasi 2017 yil aprelida yopiladi.
«Toshkent shahridagi hududiy ofis 2017 yilning 31 martigacha faoliyat ko‘rsatadi, shundan keyin Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar Bryussel shahridan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi», — deya aniqlik kiritgan manba.
Bundan oldinroq, ofis rahbari Rozariya Pulizi vakolatxona yopilishi haqida ma'lum qilgan, bu siyosiy sabab tufayli emas, 2017 yilgi byudjyetning qayta ko‘rib chiqilishi sababli ro‘y berishini aytib o‘tgandi.
«NATOning Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda bo‘lishi ilgarigidek muhim ahamiyatlidir. Sheriklik dasturi ruhida tinchlik o‘rnatish uchun Markaziy Osiyodagi har bir hamkorimiz faoliyat va hamkorlikni rivojlantirish borasida o‘z huquqiga ega», — degandi u.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025