Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat musobaqasida toshkentlik sportchi shveysarcha tizim bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
Toshkentda shaxmat bo‘yicha an'anaviy "Oltin kuz" reyting turniri o‘tkazildi. Musobaqada o‘ttizdan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shveytsarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat turnirda poytaxtlik Rustam Saidaliyev 7,5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. U to‘qqiz partiyaning yettitasida g‘alaba qozonib, bittasida durang natijani qayd etdi.
Yana bir poytaxtlik shaxmatchi Aleksandr Agishev yetti ochko bilan ikkinchi o‘ringa, xorazmlik Nilufar Yoqubboyeva 6,5 ochko bilan uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, qizlar o‘rtasida poytaxtlik Asal Salimova, o‘n to‘rt yoshgacha o‘g‘il bolalar bahsida Toshkent viloyatidan Samandar Shermuhammadov, faxriylar orasida toshkentlik Shavkat Yo‘ldoshev g‘olib, deb topildi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025