Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya bosh vaziri Peruda o‘tadigan xalqaro sammitda mamlakat prezidenti nomidan ishtirok etadi
Janubiy Koreya bosh vaziri Xvan Gyo An Peruda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida mamlakat prezidenti Pak Kin Xe atrofida bo‘layotgan g‘alvalar sabab, mamlakat nomidan ishtirok etadi.
“Renxap” agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida Janubiy Koreya nomidan prezident emas, balki bosh vazir qatnashishi birinchi holatdir.
Xvan Gyo Anning tashrifi doirsida mamlakatning Lotin Amerikasi davlatlari, jumladan, Peru, Chili, Kolumbiya va Meksika bilan hamkorligi masalalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari uning Peru bosh vaziri bilan ko‘rishishi ham kun tarkibiga kiritilgan. Uchrashuvda infraqurilmalar, sog‘liqni saqlash tizimi va energitika masalalari muhokama etilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025