Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Panasonic yil oxirigacha tarjimon-megafonni taqdim etadi
Yaponiyaning Panasonic korporatsiyasi yil oxirigacha yapon tilidan uch tilga avtomatik ravishda tarjima qila oladigan megafonni taqdim etishni rejalashtirayapti. Gap, ingliz, xitoy va koreys tili haqida bormoqda, deb xabar qilgan Kiodo axborot agentligi.
Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, ushbu qurilmalar odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda juda foydalidir. Metro bekatlari, shahar ko‘chalaridagi turli anjumanlar chog‘ida u egasiga yordamchi bo‘lishi shubhasiz.
Megafon xotirasiga dastlab, eng keng tarqalgan 300ga yaqin so‘z kiritiladi, Xususan: "ehtiyot bo‘ling", "poyezdning jo‘nashi kechikadi" kabi so‘zlar. Undagi mikrofon to‘rt tildan birida so‘zlayotgan inson nutqini shovqin kuchli bo‘lgan holatlarda ham taniy oladi. Foydalanuvchi megafonni qo‘llash chog‘ida internetdan qo‘shimcha so‘zlarni yuklab olishi yoki o‘zi mustaqil kiritishi mumkin.
Kompaniya keyinchalik zaruratga ko‘ra, boshqa tillarni ham kiritishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025