Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an 3 soatga yaqin vaqt davomida yuzma-yuz muloqot qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Samarqandda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Anado‘lu agentligi xabariga ko‘ra, siyosatchilarning prezident qarorgohida yuzma-yuz muloqoti 2 soatu 40 daqiqa davom etgan.
Bundan oldinroq O‘zbekiston TIV bo‘lajak uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi haqida xabar bergandi.
Shundan so‘ng rahbarlar Turkiya va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirokidagi rasmiy tushlikda bo‘lishgan.
Turkiya prezidentiga safar davomida bosh vazir o‘rinbosarlari Veysi Kaynak va Turg‘ul Turkesh, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qilmoqda.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024