Fan-texnika | 11:51 / 18.11.2016
9355
2 daqiqa o‘qiladi

Singapur HHK avtomobil yo‘lini aerodromga aylantirdi (video)

Singapur harbiy-havo kuchlari harbiy bazalaridan mahrum etilgan holatda qanday yo‘l tutishlarini tajribada namoyish etishdi. Harbiy uchuvchilar yaqinda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar chog‘ida oddiy asfaltlangan yo‘ldan uchish-qo‘nish yo‘lagi sifatida foydalanish mumkinligini namoyish etishdi, deb xabar qilmoqda Popular Mechanics.

Dastlab, muhandislar 2,5 km uzunlikdagi avtoyo‘lni 153ta ko‘cha chirog‘i, 58ta yo‘l belgisi va 12ta avtobus bekatidan tozalashgan. Shunda so‘ng, uchish yo‘lagiga ko‘chma nazorat minorasi, quyosh batareyalarida ishlovchi yo‘lak chiroqlarini o‘rnatishgan, chiziqlar va belgilarni chizishgan. Shu bilan yo‘lda imkon qadar aerodrom sharoiti barpo etilgan. Bundan tashqari, yo‘lakka, aviatashuvchi kemalardagi kabi ko‘chma aeroto‘xtatgich ham joylangan. 

Shu kabi jiddiy tayyorgarliklardan so‘ng, yo‘l uzra tozalovchi yuk mashinalari o‘tgan va samolyotlarning turboreaktiv dvigatellariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ortiqcha narsalardan tozalangan. Umuman, avtoyo‘lni aeroyo‘lakka aylantirishga 48 soat ketgan. So‘ngra F-15 va F-16 qiruvchi samolyotlar ishga kirishgan. 
 

Mavzuga oid