Gruziya bosh vaziri kim bo‘lishi ma'lum bo‘ldi
Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili «Gruziya orzusi» partiyasi tomonidan mamlakat bosh vazirligiga tavsiya qilingan Georgiy Kvirikashvili nomzodini ma'qulladi. Bu haqda TASS agentligi Gruziya rahbari matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Gruziyada parlament saylovida aksar ovozni to‘plagan partiya bosh vazir nomzodini ilgari suradi va hukumatni shakllantiradi. 2016 yilgi parlament saylovlarida «Gruziya orzusi» partiyasi eng ko‘p ovoz olishga muvaffaq bo‘lgan edi.
18 noyabrda yangi parlament vakolatlari tasdiqlangan edi. Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda uchta partiya mamlakat parlamenti tarkibiga kirdi. «Gruziya orzusi» partiyasi 48,8 foiz saylovchining ishonchini qozongan edi.
Mavzuga oid
18:59 / 09.08.2024
Georgian Airlines aviakompaniyasi Navoiyga yuk parvozlarini yo‘lga qo‘ydi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
15:26 / 03.06.2024
Gruziyada “chet el agentlari” haqidagi bahsli qonun kuchga kirdi
21:30 / 18.05.2024