Jamiyat | 14:53 / 19.11.2016
12200
2 daqiqa o‘qiladi

Mishel Obama modeleri Melanya Tramp bilan hamkorlik qilmasligiga oydinlik kiritdi

Foto: © RIA Novosti

Asli fransiyalik modeler Sofi Tele AQShning yangi birinchi xonimi Melanya Tramp bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Sofi Tele AQShning hozirgi birinchi xonimi Mishel Obamaning aksariyat liboslari muallifi hisoblanadi. U o‘zining Twitter sahifasiga joylashtirgan ochiq maktubida shu haqda so‘z yuritgan

«Sophie Theallet brendi irqchilik va boshqalarni mensimaslikning har qanday ko‘rinishiga qarshidir... Ushbu mamlakatda muhojir bo‘lish barobarida o‘z orzularimni ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘ldim. Birinchi xonim Mishel Obamaga sakkiz yil mobaynida libos tikib berish men uchun sharaf bo‘ldi», — deb yozgan  dizayner.

Ayni vaqtda, Tele «shaxsiy erkinliklar, turli-tumanlikni ma'qullovchi shaxs va boshqalarning turmush tarzini hurmat qiluvchi kishi sifatida» bo‘lg‘usi davlat rahbarining rafiqasiga liboslar tayyorlamaydi yoki biror ko‘rinishda hamkorlik qilmaydi. 

«Uning eri tomonidan saylovoldi kampaniyasi chog‘ida irqchilik, ko‘rolmaslik va seksizm kabi jihatlarning avj oldirilishi, bizlarning hayotiy qadriyatlarimizga ziddir», — degan modeler, boshqa hamkasblarini o‘zidan o‘rnak olishga chaqirgan. 
 

Mavzuga oid