Melanya Kim Chen In bilan uchrashuvda Trampga hamrohlik qilmaydi

Foto: Andrew Harnik/AP
AQSh birinchi xonimi Melanya Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvda Amerika prezidentiga hamrohlik qilmaydi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
AQSh prezidenti rafiqasining vakili Stefani Grishem so‘zlariga ko‘ra, Melanya Trampga Kanadadagi G7 sammitida ham hamrohlik qilmaydi.
Ta'kidlanishicha, Melanya Tramp omma oldida 10 maydan beri ko‘rinish bermagan.
May oyi o‘rtalarida AQSh birinchi xonimi Uolter Rid nomidagi Milliy harbiy-tibbiy markazda buyraklarida kichik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bir necha kundan so‘ng u Oq uyga qaytib keldi.
Mavzuga oid

19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi

17:46 / 09.05.2025
Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi

22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi

10:37 / 28.04.2025