Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya sudi hukumatga Neymarning oilasi uchun 40 ming yevroga yaqin jarima to‘lash majburiyatini yukladi
Neymarning soliqqa oid jinoyatlari yuzasidan tekshiruv ma'lumotlari matbuotga chiqib ketgani tufayli Braziliya sudi mamlakat hukumatidan futbolchi foydasiga 20 ming yevro tovon puli to‘lash haqida qaror chiqardi.
AS nashri bergan xabarga ko‘ra, hukumat yana 14 ming yevroni Neymarning ota-onasiga to‘laydi. Shuningdek, 5 ming yevro Neymarning advokatlarga sarflagan xarajatini qoplash uchun to‘lanadi.
Sud soliqqa oid ishning muddatidan avval matbuotga chiqib ketganini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Neymar 2011 yildan 2013 yilgacha soliq to‘lamaganlikda ayblangandi.
Mavzuga oid
11:04 / 17.05.2025
Sud Trampning migrantlarni chiqarib yuborish rejasini rad etdi
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
18:30 / 04.02.2025
38 yoshli erkak 13 yoshli qizga ko‘z olaytirdi: Asakadagi bahsli nomus ishi tafsilotlari
22:32 / 31.01.2025