Simeone: Penaltidan keyin bizning yelkanli kemamiz shamolsiz qoldi

Foto: The Independent
«Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone Madrid derbisida «Real»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yindagi ikkinchi gol 71-daqiqada Ronaldu tomonidan penalti orqali urildi.
«Bizning himoyamiz o‘yinning asosiy qismida yaxshi harakat qildi, ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga qadar. Birinchi golni „jonli devor“dagi rikoshet tufayli o‘tkazdik, darvozabon ilojsiz qolgandi.
O‘yin natijasini endi o‘zgartirib bo‘lmaydi, ammo men o‘ylaymanki, o‘yin boshida biz yaxshiroq o‘ynagandik, hatto „Real“ birinchi bo‘limni g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsada. Afsuski, penalti bizning o‘yinga qaytish uchun imkonlarimizni yo‘qqa chiqardi.
Yutqazganimizdan xafaman, bundan ortiq emas. Biz bir necha marta xatolarga yo‘l qo‘ydik va bu mag‘lubiyatga olib keluvchi xatolar bo‘ldi. „Real“ odatdagi o‘yinini namoyish etdi, Krishtianu odatdagidek individual mahoratini namoyish qildi. Ular yaxshi pressing qilishdi va o‘yinni ishonch bilan o‘tkazishdi», — deya Simeonening so‘zlarini keltirgan Goal.
Qayd etish kerakki, bu «Real» uchun Madrid derbilarida keyingi 3 yildagi (2013 yilning 27 aprelidan buyon) ilk g‘alaba bo‘ldi.
Mavzuga oid

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:20 / 17.04.2025
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?

03:04 / 17.04.2025
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi

20:31 / 16.04.2025