Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya kompaniyasi To‘raqo‘rg‘onda issiqlik elektr stansiyasini barpo etadi
Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd.” kompaniyalari (MHPS) O‘zbekistonning Namangan viloyatida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini barpo etadi. Bu haqda Uzdaily.uz sayti yozmoqda.
“Mitsubishi Corporation” kompaniyasining qayd etishicha, “O‘zbekenergo” AJ mazkur loyihani amalga oshirishni Yaponiyaning mazkur sohada faoliyat yurituvchi kompaniyalariga ishonib topshirgan. Ammo shartnomaning qiymati oshkor etilmagan.
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz moslamali umumiy quvvati 900 MVtlik yangi issiqlik elektr stansiyasi quriladi. Mazkur qurilish ishlari 2020 yilda yakunlanadi.
Loyiha doirasida “MHPS” kompaniyasi bug‘-gaz moslamasining asosiy unsurlarini yetkazib beradi. “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi Turkiyaning “Calik Enerji Sanayi ve Ticaret A.S.” kompaniyasi bilan hamkorlikda qolgan qismlarini yetkazib beradi, shuningdek, moslamalarning transportda yetkazilishi, qurilish va montaj ishlari ushbu kompaniyalar tomonidan bajariladi.
Mazkur loyiha “Yaponiyaning rivojlanishga rasmiy ko‘mak” dasturi hamda O‘zbekiston Hukumatining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
21:15 / 21.05.2025