Jahon | 21:07 / 21.11.2016
4508
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviyada qurg‘oqchilik sababli favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilindi

Foto: Getty Images

Boliviya prezidenti Evo Morales g‘ayriodatiy kuchli qurg‘oqchilik sababli mamlakatda  favqulodda vaziyat tartibi e'lon qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi mamlakatning 139 ta munitsipal okrugidan 131 tasiga ta'sirini o‘tkazgan.

"Bugun biz bu vaziyatni muhokama qilgani yig‘ildik. Men bu masalaga bor e'tiborimni qaratish uchun ishchi jadvalimni qayta ko‘rib chiqdim", deb aytgan Morales hukumatning favqulodda majlisida.

Ta'kidlanishicha, Boliviya poytaxti La-Pasdagi suv ta'minoti maxsus jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid