Futbol bo‘yicha Qrim terma jamoasi tuzildi

Foto: championat.com
18 noyabr kuni Qrim futbol ittifoqi bosh ofisida tashkilot yig‘ilishi o‘tkazildi va unda futbol bo‘yicha Qrim Respublikasi terma jamoasi tuzilgani e'lon qilindi. Shuningdek, murabbiylar shtabi tuzish haqida qaror qabul qilingan.
Qrim terma jamoasiga Valeriy Petrov bosh murabbiy bo‘ldi, unga Sergey Dranov yordamchilik qiladi. Terma jamoa tarkibi 30 kishidan iborat: 24 futbolchi va jamoa xodimlari. Qrim terma jamoasining ilk o‘quv-mashg‘ulotlari 2-10 dekabr kunlari davomida Yevpatoriyadagi «Arena-Qrim» sport majmuasida o‘tkaziladi.
Taqdimot marosimi 9 dekabr kuni Sevastopolda I Qrim futbol forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Qrimda ilk chempionat 2015 yilning 22 avgustidan 2016 yil iyuliga qadar o‘tkazildi va unda 8 jamoa ishtirok etib, yakunda "TSK Tavriya" jamoasi g‘olib chiqdi.
Mavzuga oid

20:19 / 04.04.2025
Rossiya KXDR qo‘shinlarini Qrimga joylashtirishi mumkin

00:43 / 18.03.2025
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV

22:07 / 14.03.2025
Germaniyada Qrimga turbina yuborgan Siemens menejerlari sud qilinadi

20:42 / 25.02.2025